“UzAirways” Moskvadagi aeroport o‘zgarishi sababini tushuntirdi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bozordagi mavqeyini mustahkamlash uchun Domodedovo aeroporti bilan hamkorlikni tiklashga qaror qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi bozordagi mavqeyini mustahkamlash uchun Moskvaning Domodedovo aeroporti bilan hamkorlikni tiklashga qaror qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
“UzAirways” vakilining ma’lum qilishicha, Domodedovo aeroporti ko‘proq bog‘lovchi reyslar imkonini beradi va aviakompaniya yo‘lovchilari u yerdan keyingi manzil sari yo‘l olishlari mumkin.
Bu tanlov uchun ta’sir qilgan yana bir omil bu Domodedovo aeroporti bazasida ko‘plab yirik aviakompaniyalar borligidir.
Red Wings O‘zbekistonga parvozlarni boshlashi mumkin – Manturov
Aniqlik kiritilishicha, hozir aviakompaniyalar o‘rtasida reyslarning qo‘shma tijoriy ekspluatatsiyasi va tashish hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida bir nechta bitim ishlab chiqilmoqda.
“Domodedovo aeroporti bilan hamkorlik “Uzbekistan Airways” yo‘lovchilari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi”, - deya ma’lum qildi kompaniya vakili.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 15-iyundan boshlab Moskvaning Domodedovo aeroportidan parvozlarni tiklashi ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniyaning Vnukovoga oxirgi reysi joriy yil 14-iyun kuni amalga oshiriladi.