Rossiya G‘azo sektoridan 70 kishini evakuatsiya qildi

Rossiya o‘z va MDH fuqarolarini G‘azo sektoridan olib chiqmoqda. Birinchi navbatda 70 nafar ayollar va bolalar olib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may – Sputnik. Rossiya G‘azo sektoridan 70 kishini Misrga evakuatsiya qildi. Keyinroq ular Qohiradan Moskvaga olib kelinadi.
Bugun G‘azo sektoridan 70 nafar Rossiya fuqarolari olib chiqildi, aksariyat - ayollar va bolalar. Ularni Misrda ishlayotgan diplomatlarimiz kutib olishadi va Qohiraga kuzatib qo‘yishadi. U yerdan esa maxsus samolyotda Moskvaga olib kelinadi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20-may kuni G‘azo sektoridan chiqib ketish istagini bildirgan Rossiya va MDH fuqarolarini olib chiqish haqida farmon imzolagan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kunga Rossiya va MDH fuqarolaridan 400 nafarining ro‘yxati tuzilgan.