TOShKENT, 25-may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilovga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Xalqaro islom akademiyasining sobiq rektori, prezident maslahatchisi Rustam Qosimov may boshida vafot etgan edi.
Muzaffar Komilov 2018-yil aprelida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
U ilgari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.