Migrantlarni mahkumlar bilan almashtirish mumkin emas - Volodin

Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin mehnat migrantlarini mahkumlarga almashtirish g‘oyasining asosiy kamchiligini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin mehnat migrantlarini mahkumlarga almashtirish g‘oyasining asosiy kamchiligini aytdi.
Volodin RF Jazoni ijro etish federal xizmati rahbari Aleksandr Kalashnikovning mamlakatda ishchi kuchi yetishmayotgan joylarda mahbuslarni ishga jalb qilish tashabbusi yuzasidan izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal qilmaydi.
"G‘oya yangi emas, u allaqachon u yoki bu formatda amalga oshirilmoqda. Bu mavzuni o‘rganish kerak. Agar ishlash huquqiga ega bo‘lgan va xohlagan mahbuslar bo‘lsa, ularga bunday imkoniyat berilishi kerak", - dedi Volodin.
Davlat dumasi spikeriga ko‘ra, rasmiy ma’lumotlarga qaraganda Rossiyada 1 millionga yaqin mehnat migranti yetishmayapti. FSIN ma’lumotiga ko‘ra, koloniyalarda 478 mingdan bir oz ko‘proq kishi saqlanmoqda, ulardan faqat 188 ming nafari jazoni majburiy mehnat bilan almashtirish huquqiga ega.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi mingdan ortiq mahbuslar jalb qilinishi mumkin bo‘lgan yirik loyihalarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligi va mehnat migrantlarini mahbuslarga almashtirish to‘g‘ri qadam bo‘lishi mumkinligi haqida izoh bergandi.