Kamilov Rossiya elchisini qabul qildi: qanday masalalar muhokama qilindi?

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov RF Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Muzokaralarda O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashinildi.
Rossiya tomonining 2021-yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtiroki ham ko‘rib chiqildi.