O‘zbekistonda qurilish obyektlari nazoratchilari maoshi ko‘tariladi

Texnik nazorat sohasidagi mas’ul mutaxassislarga ular mehnatiga haq to‘lashning amaldagi tarifi oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonda qurilish obyektlari nazoratchilari maoshi 1-avgustdan oshiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 321-sonli qarorida nazarda tutilgan, deb xabar qilmoqda “Norma” axborot-huquqiy portali.
Ma’lum qilinishicha, buyurtmachi xizmatlar Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan malaka toifasi asosida texnik nazorat sohasidagi mas’ul mutaxassislarga ular mehnatiga haq to‘lashning amaldagi tarif koeffitsiyentlariga 2021-yil 1-avgustdan boshlab:
birinchi toifa uchun - 0,2 miqdorda;
ikkinchi toifa uchun - 0,5 mikdorda;
uchinchi toifa uchun - 0,7 miqdorda;
oliy toifa uchun - 1,0 miqdorda koeffitsiyent qo‘shiladi.
Bundan tashqari, 2021-yil 1-iyundan boshlab buyurtmachi xizmatining shtatlar jadvali va ta’minot harajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazishda texnik nazorat mutaxassislari uchun xizmat safari xarajatlarining obyektlar joylashgan masofadan kelib chiqib, joriy narxlarda belgilanadi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21-may kuni kuchga kirgan.