TOShKENT, 24-may — Sputnik. 24 may kuni ertalab soat 08:52da, №4 yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan poyezd, texnik sabablarga ko‘ra “Hamid Olimjon” bekatida to‘xtadi.
“Toshkent metropoliteni” UK ma’lum qilishicha, bu voqea haydovchi tomonidan poyezd nosozligini aniqlanishi munosabati bilan sodir bo‘ldi. Ko‘rsatmaga ko‘ra, yo‘lovchilar tushirildi va poyezd zaxiraga "Paxtakor" stansiyasining berk qismiga jo‘natildi.
№16 yo‘nalish bo‘yicha orqadan kelayotgan poyezd yo‘lovchilarni olib, jadvalga muvofiq harakatlanishni davom ettirdi.