Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazishga ruxsat berildi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilda“So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi 25-may kuni barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbir karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi kerak. Joriy yilda 438 mingga yaqin bitiruvchilar maktab bilan xayrlashishadi.
Vazirlik tadbirlarni ortiqcha xarajatlarsiz va turli xil alohida kiyim-kechak, bezak, sovg‘alar va shu kabilarga katta mablag‘ sarflamasdan o‘tkazishni so‘ragan.
Milliy gvardiya xodimlari “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini juda ta’sirli ijro etishdi – video
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston maktablarida yakuniy imtihonlar 26-maydan boshlanishi xabar qilingan edi. Joriy yilda barcha umumta’lim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladi.