TOShKENT, 24-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 206 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98 657 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (12), Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (4), Jizzax viloyatida (4), Qashqadaryo viloyatida (1), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (2), Samarqand viloyatida (25), Sirdaryo viloyatida (4), Farg‘ona viloyatida (8), Toshkent viloyatida (42), Toshkent shahrida (96) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 94 143 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 834 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
O‘zbekistonda jami 680 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 167,2 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,1 mln), Hindistonda (26,8 mln), Braziliyada (16,0 mln).