Jahon rekordi: rossiyalik polvon 40 tonnalik vertolotni 17 metrga siljitdi

Rekordchi Sergey Agadjanyan Mi-26 vertolotini siljitdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya va dunyo rekordchisi, "Rus Xalki" laqabli Sergey Agadjanyan 40 tonnalik Mi-26 vertolotini siljitib, jahon rekordini o‘rnatdi.
Rekord bir nechta toifalarda qayd etdi: "eng og‘ir vertolotni shatakka olib tortib borish", "eng og‘ir vaznni shatakka olib tortib borish", "eng og‘ir transport vositasini shatakka olib tortib borish".
Sportchi dunyodagi eng og‘ir Mi-26 vertolotini maxsus uskunalarsiz 42 soniyada 17 metrga siljitdi. Shu bilan birga, sportchi mashqni bajarayotganda rezina grelkani shishirib, yordi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning eng kuchli odami Elbrus Nigmatullin 44,58 soniyada 36 tonnalik Boing-737 samolyotini 25 metrga siljitib, mamlakat rekordini o‘rnatgandi.