TOShKENT, 24-may – Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori dunyoda koronavirusdan ko‘ra xavfliroq virus paydo bo‘lishi mumkinligini va uni insoniyat faqat birgalikda yengishi mumkinligini bashorat qildi.
Bu haqida Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan Umumjahon Sog‘liqni saqlash assambleyasi majlisida xabar qildi.
“Dunyo pandemiya xavfiga birinchi marotaba duch kelayotgani yo‘q. Evolyutsion prognozlarga ko‘ra, yangi virus paydo bo‘ladi va u koronavirusga qaraganda yanada yuqumliroq yanada qirg‘inbarot bo‘ladi”, - dedi Gebreyesus Jenevada.
"Dunyoda pandemiya kuchayib ketishiga eng asosiy sabablardan biri – xalqaro hamkorlikning va ma’lumot almashish, bir-biriga resurs va texnologiyalar berish istagining yo‘qligidir. Agar insoniyat eski yo‘lda borishda davom etsa, biz yana pandemiyaga tayyor bo‘lmagan, xavfli va adolatsiz dunyoga kelamiz. Dunyoda tinchlikni saqlab qolish, yetakchilikni va barcha davlatlar ishtirokini talab qiladi”, deb ta’kidladi Gebreyesus.
JSST Umumjahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 74-sessiyasi 24-may – 1-iyun kunalrida bo‘lib o‘tadi. Majlisda asosiy e’tibor pandemiyaga qarshi qurash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan bo‘ladi. Forum onlayn ko‘rinishda 194 davlatlar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun 23-may holatiga butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 166 346 635 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 3 449 117 vafot etgan.