“Hisobdan chiqarishga to‘g‘ri keladi”: AQSh armiyasi o‘z tankining jangga shay emasligini tan oldi

Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Yetarlicha zirhlanmagan, to‘siqlardan o‘ta olishining yomonligi, qurolning haddan ziyod qudratligi va ortiqcha vazni – Pentagon muddatidan avval “Strayker” zirhli avtomashina negizidagi o‘ziyurar artelleriya qurilmalarni hisobdan chiqarishga majbur. Bu g‘ildirakli tanklarni 2000-yillar boshida ishlab chiqishgan, biroq Iroqdagi birinchi jangovar qo‘llash butun turkum konstruksiyalari mukammal emasligini aniqladi. Amerika zirhli texnikasining zaifliklari RIA Novosti materialida.

G‘ildirakdagi zambarak

“Strayker” zirhli mashinalarni Pentagon 2002-yilda qurollanishga oldi. Ular Kanadaning LAV III zirhli avtomashinasi negizida ishlab chiqilgan. U o‘z navbatida 1970-yillarda loyihashtirilgan Shveysariyaning “Piranya” BTRlarining modernizatsiya qilingan versiyasini ifodalaydi.
Amerika BTR timsolidan unchalik farq qilmasdi. Balandligi biror oshirildi, zirhli himoya kuchaytirildi, tubi tuzatildi. Ekipaj – ikki kishi, desant bo‘limida to‘qqiz jangchi joylashadi. 350 ot kuchiga ega dizel dvigatel “Straykerni” ikki old ko‘prik o‘chirilgan vaqtda katta yo‘l bo‘ylab soatiga 100 kilometrgacha qo‘zg‘altiradi. Yoqilg‘i qariyb 500 kilometrgacha yetadi.
AQSh Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon O‘zbekistonni tanlaydimi?
Old tomondagi zirh 14 millimetrli zirhli o‘q-dorilar yoki 155 millimetrli snaradlarning tegishiga dosh beradi. Bort va orqa qism desantlarni 7,62 millimetr kalibrli o‘qdan himoya qiladi, xolos.
Og‘ir qurollangan versiyasi ham bor – 105 millimetr soyli tank zambaragi. Pentagon dushmanning mustahkamlangan pozitsiyalari, bunkerlar va zirhli texnikalariga hujum qilish uchun mo‘ljallangan aynan shu modifikatsiyadan voz kechishga qaror qildi. Qurol va avtomatni o‘qlash bilan bog‘liq tizim muammolari aniqlandi. “Abrams” zambaraklari, masalan, hozirgacha eskicha – qo‘l bilan o‘qlanadi. Harbiylar xarajatlarni hisob-kitob qilib, SAUni modernizatsiya qilishning hojati yo‘q degan qarorga kelishdi. Og‘ir “Strayker”ni “Djavalin” ko‘chma tankka qarshi majmualari bilan almashtirish osonroq.
Pokazatelniy marsh voyennoslujashix armii SShA Dragoon Ride v Latvii

Ishonchni oqlamadi

2000 yillar boshida Pentagon ikki mingdan ziyod zirhli avtomashinaga buyurtma berdi. O‘shanda ixtisoslashgan mexanizalashtirilgan brigadalarni shakllantirishdi (Stryker brigade combat team, SBCT).
Ular ixtiyorida uch yuzta g‘ildirakli BTR bo‘lgan har bir bunday qo‘shilma 4,5 mingdan ziyod askar va zobitlardan iborat. Taktik nuqtayi nazaridan SBCT “Xamva” avtomobillaridagi piyoda va og‘ir zirhli tank guruhi o‘rtasidan o‘rin egallaydi. Bu brigadalar dunyoning istalgan nuqtasida turli jangovar vazifalarni samarali hal qilishga va zudlik bilan kengayishga qodir deb hisoblanadi.
2004 yili birinchi qo‘shilmani Iroqqa jo‘natishdi. Bir yil mobaynida jangovar harakatlarda “strayker-brigada” taktikasini qo‘llashni mashqi qilishdi, yangi zirhli avtomashinalarni sinovdan o‘tkazishdi. Qo‘mondonlik o‘shanda harbiy qism va BTRning, ayniqsa shahar janglaridagi yuqori samaradorligini qayd etgandi. Ammo askarlar mashina konstruksiyasidagi nuqson, o‘t ochishning sustligi va zaif zirhlanganlik ustidan shikoyat qilishardi.
Pentagonning maxsus komissiyasi hisoboti loyihaning yopib yuborishiga sal qoldi. Aniqlanishicha, bTR faqat tekis yo‘l va katta yo‘llarda yaxshi. Kesishgan joyda loyga yoki qumga botib qoladi. “Strayker” Kanada va Shveysariya muqobillariga qaraganda jiddiy og‘irlashib qoldi.
Voyennoslujashie radom s legkoy bronirovannoy mashinoy LAV-25 vo vremya ucheniy Agile Spirit 2016 pod egidoy NATO na poligone "Orfolo" v Gruzii.
Konstruktorning yana bir yo‘l qo‘ygan jiddiy xatosi – ekipajni faqat o‘qotar quroldan yaxshi himoya qilgan zirh. Haqiqiy janglarda dushman granatomotlardan o‘t ochishni afzal bilardi. RPG snaradi korpusni osonlik bilan teshib o‘tardi, shuning uchun mashinani zudlik bilan to‘rli panellar bilan jihozlashga to‘g‘ri kelardi.
Bundan tashqari, BTRning yuqori og‘irligi tez-tez harakat vaqtida to‘siqqa uchrash yoki minada portlash bilan yakunlanardi. Buning ustiga xavfsizlik kamarlari munosib ravishda burilishlarda odamlarni qayd etmasdi, bundan bir necha askar halok bo‘lgan.
Bronetransporter "Strayker" v voyennix ucheniyax Operation Summer Shield na poligone Adaji v Latvii.

Shleyf muammolari

“Yara-chaqalarni” davolashga urinishdi. Masalan, zavodda osma zirhlarni o‘rnatish boshlandi. Bu og‘irlashishga olib keldi va havo bo‘ylab mashinalarni tashlashda qiyinchilik tug‘dirdi.
Yangi elektronika va tunda ko‘rish asboblari ham vaziyatni unchalik o‘nglamadi. “Strayker” bir to‘da hal qilinmagan muammolari bilan mashinaligicha qoldi. Boz ustiga modernizatsiya qo‘shimcha sarmoya kiritishni talab qilardi.
Qolaversa, Amerika armiyasida zamonaviy urush talabariga muvofiq ravishda qo‘shinlarni zirhli avtomashinalar bilan jihozlash birinchi yil dolzarb emas. Pentagon qator loyihalarni amalga oshirishga urindi, biroq bari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
Xo‘sh, 2004-yili amerikalik generallar armiyaning katta islohotini niyat qilishdi. “Future combat systems” (FCS) loyihasi doirasida zirhli mashinalarning uchuvchili va uchuvchisiz variatlari turkumini yaratishga ahd qilishdi. Ishlanmagan yuz milliardlab dollar sarflashdi, 2015-yilda yangi texnikadagi birinchi brigadani ishga tushirishni rejalashtirishdi, 2030-yilga kelib 15 ta qo‘shilmani shakllantirishni mo‘ljallashdi. Ammo kutilmaganda loyihani yopishdi. Bu mudofaa strategiyasi almashishi bilan bog‘liqligi rasman qilib ko‘rsatildi.
So‘ngra “Ground Combat Vehicle” (GCV) istiqbolli jangovar piyoda mashina loyihasini ishga tushirishdi. U eskirgan M2 Bradly ning muhofazalanganlik bo‘yicha ustun bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, yengilroq, ixchamroq va manyorliroq bo‘lishi ham kerak edi. Natijada GCV seriyali ishlab chiqarish uchun juda qimmat ekan. 2014-yilda hamma ishlar taqataq to‘xtatildi.
Bronemashina Stryker MSL
Hozir amerikaliklar yana bir “Optionally Manned Fighting Vehicle” (OMFV) loyihasini amalga oshirishmoqda. U sun’iy ongli va masofadan boshqariladigan gusenitsali BMPni yaratishni nazarda tutadi.
Hozircha Pentagonning eski M113 va M2 Bradly da piyodani tashish va jang qilishiga hamda “kichik kalibrli” “Strayker” modernizatsiya bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelmoqda. "A1"ning yangilangan versiyasini bundan bir necha yil avval taqdim etishdi: 30 millimetrli qurol, oxirigacha ishlob berilgan zirh, yanada baquvvatroq dvigatel, kuchaytirilgan tranmissiya. Shuningdek, PVOning kichik radius harakatidagi varianti ko‘zda tutilgan. Lekin bu “Strayker” oldingi versiyalarga qaraganda jangovar harakatlar uchun ko‘proq mos kelishi yoki kelmasligi noma’lum. Axir, aslini olganda, konstruksiya oldingi-ku.
Kolonna bronemashin armii SShA Stryker v Latvii