TOShKENT, 24-may - Sputnik. Bugun 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov 60 yoshga to‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Yubiley arafasida Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi.
Mukofot izohida - davlat idoralaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati hamda tavalludining 60-yilligi munosabati bilan - deyilgan.
Abdulla Nematovich Aripov 1961-yilda tug‘ilgan. Aloqa va kommunikatsiyalar sohasi mutaxassisi. 2005 - 2009-yillarda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan. Bir vaqtning o‘zida 2002 - 2012-yillarda bosh vazir o‘rinbosari (axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksi bo‘yicha) lavozimida ishlab kelgan. 2016-yilning dekabr oyidan boshlab bosh vazir lavozimida faoliyatini davom ettirgan. 2020-yilning 21-yanvar kuni - ushbu lavozimga qayta tasdiqlangan edi.