Qibraydagi qator mahallalarni Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazish rejalashtirmoqda

Qibray tumaniga qarashli bo‘lgan 20 ta mahalla poytaxtning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 20 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (jami 4 402 gektar) Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganovning ma’lum qilishicha, bu haqda joriy yil 20-may kuni Xalq deputatlari Qibray tuman kengashining tegishli qarori qabul qilingan.
Jumladan:
Qibray tumanidagi Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor va Tovkentepa mahallalari (2 107,4 gektar) poytaxtning Yashnobod tumani;
Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2 294,6 gektar) Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Termiz shahri hududi kengayadi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil avgustida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishgan edi.