Eldor Shomurodovning goli “Jenoa”ga mavsumni g‘alaba bilan yakunlash imkonini berdi

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to‘p suradigan "Jenoa" jamoasi chempionatda 11-o‘rinni egallagan holda ushbu mavsumga yakun yasadi.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Kecha, 22-may kuni Italiya A Seriyasi so‘nggi turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Jenoa" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘yin “Jenoa”ning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov tomonidan urildi. Bu Shomurodovning A Seriya 2020/21 yilgi mavsumidagi sakkizinchi goli bo‘ldi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to‘p suradigan "Jenoa" jamoasi turnir jadvalida 11-o‘rinni egallagan holda ushbu mavsumga yakun yasadi.
Yoz oyida Rossiyaning “Rostov” klubidan Italiyaning "Jenoa" klubiga o‘tgan Eldor Shomurodov A Seriya 2020/21 yilgi mavsumida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Shomurodovning A Seriyadagi ilk dubli, biroq bu “Jenoa” g‘alabasi uchun kamlik qildi