Toshkentda fransuz boksi “Savat” bo‘yicha chempionat boshlandi

Toshkentda “Savat”ning "Asso" yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida fransuz boksi “Savat”ning "Asso" yo‘nalishi bo‘yicha ilk bora O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.
Turizm va sport vazirligi xabariga ko‘ra, unda respublikaning 8ta viloyatidan jami 400 nafardan ziyod bolalar, kadetlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar, aniqroq aytadigan bo‘lsak 6 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan sportchilar bahs olib borishadi.
“Savate” fransuzcha so‘z bo‘lib, “eski poyafzal” degan ma’noni anglatadi. Bu sport turi ko‘cha janglaridan kelib chiqqan bo‘lib, oyoq zarbalari va yuzga urish bilan kurashish uslubini o‘zida mujassam etgan.
“Savat” 1924-yil Parij shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlariga rasmiy sport turi sifatida kiritilgan.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali - o‘qing, izoh yozing va do‘stlaringiz bilan o‘rtoqlashing!