TOShKENT, 22-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 308 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98 164 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (6), Andijon viloyatida (5), Buxoro viloyatida (2), Jizzax viloyatida (4), Qashqadaryo viloyatida (3), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (6), Samarqand viloyatida (38), Sirdaryo viloyatida (5), Surxondaryo viloyatida (1), Farg‘ona viloyatida (11), Xorazm viloyatida (3), Toshkent viloyatida (49), Toshkent shahrida (172) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 93 633 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga yetdi.
Ayni paytda 3 851 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Vaksinatsiya
Respublikada jami 1 558 439 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 169 359 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 389 080 nafarni tashkil qildi.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 680 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 165,5 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,1 mln), Hindistonda (26,0 mln), Braziliyada (15,8 mln).