Andijon shahar prokurori lavozimidan ozod etildi

Bosh prokuror buyrug‘i bilan Andijon shahar prokurori lavozimidan ozod etildi
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 21-may kungi buyrug‘i bilan Andijon shahar prokurori lavozimida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Qurbonali Asqarov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi.
“Qayd etish joizki, Q.Asqarovning lavozimidan ozod etilishi 2021-yil 17-may kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ro‘y bergan holatlar bilan bog‘liq emas”, - deyilgan BP xabarida.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali - o‘qing, izoh yozing va do‘stlaringiz bilan o‘rtoqlashing!