TOShKENT, 21-may - Sputnik. Rossiya G‘azo sektoridan ketish istagini bildirgan o‘z fuqarolarini va MDH davlatlari fuqarolarini olib chiqadi.
Bu haqida 20-may kuni normativ-huquqiy portalida rasman e’lon qilingan, Vladimir Putinning maxsus farmoyishida aytib o‘tilgan.
"Isroil Davlati qurolli kuchlarining harbiy operatsiyasi tufayli, G‘azo sektorida vaziyat keskin yomonlashishi munosabati bilan, u yerdan chiqib ketish istagini bildirgan Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari fuqarolarini olib chiqish ta’minlansin", - deyilgan farmoyishda.
Fuqarolarni evakuatsiya qilish Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi razvedka xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshiriladi. Evakuatsiya qilingan fuqarolar Moskva shahriga olib kelinadi, deyilgan hujjatda.