Toshkentda yoshlar festivali uchun mavzuli shaharcha qurildi

Festival 25-may kuni tugamaydi, barcha inshootlar qolib, keyinchalik ham yoshlar tadbirlari uchun faol qo‘llaniladi.
Sputnik
TOShKENT, 20-may - Sputnik. Toshkentda Yoshlar festivalini o‘tkazish uchun mavzuli shaharcha qurildi. U yerda 21-25 may kunlari yoshlar bayrami bo‘lib o‘tadi.
Asosiy kirish joyi Navoiy ko‘chasidan, Hyatt mehmonxonasi va Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona oralig‘idan, ulkan darvoza orqali kiriladi. Darvozaning oldida maydon va katta sahna bo‘lib, unda DJ Trace, Roger Gunn, DJ Sam, DJ Voynov va DJ Endigo kabi mashhur didjeylar ishtirokida jo‘shqin musiqa oqshomlari o‘tkaziladi. Shu yerning o‘zida Tashkent Voice Fest qo‘shiq va Tashkent Dance Fest raqs tanlovlari bo‘lib o‘tadi.
Chap tomonda biz futbol, armrestling uchun hududlarini, “havo” basketboli uchun maydoncha, tennis stollari, badminton maydonchasi joy olgan sport hududini ko‘rishimiz mumkin.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Festival 25-may kuni tugamaydi, barcha inshootlar qolib, keyinchalik ham yoshlar tadbirlari uchun faol qo‘llaniladi.
Ayni damda Toshkent21.uz saytida 40 000 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Ho‘yxatdan o‘tish musobaqalar, tanlovlar va aksiyalar ishtirokchilari uchun kerak, tashrif buyuruvchilar uchun kirish erkin.
Karantin talablari inobatga olinadi, maydonda tibbiyot xodimlari navbatchilik qiladi.
Chirchiqda yoshlar festivali boshlandi
Eslatib o‘tamiz, Beshta tashabbus g‘oyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga bag‘ishlangan selektor majlisida ilgari surilgan edi.