Toshkentda qidiruvdagi shaxs niqob taqmagani tufayli qo‘lga tushdi

Firibgarlikda ayblayotgan va qidiruvda bo‘lgan qiz niqob taqmagani uchun ushlandi.
Sputnik
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Toshkent shahrida niqob taqmagani uchun to‘xtatilgan qiz qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, 18-may kuni soat 16:40 da poytaxtdagi Qo‘yliq dehqon bozori yaqinida olib borilgan sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilinishini nazorat qilishga qaratilgan tadbir davomida tibbiy niqob taqmagan qiz to‘xtatilgan.
Toshkentda bir kunda niqobsiz yurgan 800 nafarga yaqin qoidabuzar jarimaga tortildi
Tekshiruv davomida uning shaxsi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u 2020-yilning 27-dekabr kunidan buyon Jinoyat kodeksining 168-moddasida (firibgarlik) ko‘rsatilgan xatti-harakatlarni sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 2002-yilda tug‘ilgan M.A.
Shundan so‘ng fuqaro Bektemir tumani IIO FMBga yetkazildi.