TOShKENT, 20-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 263 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 543 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (11), Andijon viloyatida (5), Buxoro viloyatida (8), Jizzax viloyatida (6), Qashqadaryo viloyatida (4), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (6), Samarqand viloyatida (30), Sirdaryo viloyatida (5), Surxondaryo viloyatida (1),Farg‘ona viloyatida (11), Xorazm viloyatida (9), Toshkent viloyatida (44), Toshkent shahrida (120) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 93 071 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 796 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Vaksinatsiya
Respublikada jami 1 462 491 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 139 698 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 322 793 nafarni tashkil qildi.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 676 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 164,6 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,0 mln), Hindistonda (25,5 mln), Braziliyada (15,8 mln).