O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish uchun qo‘shimcha poyezd tashkil qilindi

Rossiya – O‘zbekiston hukumatlari kelishuvi asosida “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida maxsus poyezd tashkil qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketish uchun alohida poyezd tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Rossiya Temir yo‘llari (RJD).
“Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi 483 / 484 – sonli maxsus poyezd 28-may kuni soat 20:50 da Voljskiy stansiyasidan jo‘naydi.
Ushbu poyezdga chipta harid qilish uchun Rossiyaning istalgan hududida temiryo‘l kassalariga murojaat qilish mumkin. Chipta xarid qilish uchun O‘zbekiston fuqarosi pasporti talab qilinadi.
Chiptalarni shuningdek RDJ veb saytida yoki mobil ilovasida ham xarid qilish mumkin.
O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish Rossiya – O‘zbekiston hukumatlari kelishuvi asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu poyezd Rossiya hududi bo‘ylab poyezd to‘xtamasdan harakatlanadi, deyilgan xabarda.