Dunyodagi eng katta muzlik Antarktidadan ajralib ketdi

Dunyodagi eng katta aysberg Antarktidadan ajralib chiqdi
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Sentinel-1 Yerni kuzatuvchi sun’iy yo‘ldoshidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunlarda dunyodagi eng katta aysberg Antarktidadan ajralib chiqdi.
Yevropa kosmik agentligi (YeKA) veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, muz qatlami taxminan 4320 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Bu Ispaniyaning Malorka orolidan biroz kattaroq.
Yurak uchun foydali ichimlik - olimlar tadqiqoti
Olimlarning ta’kidlashicha, A-76 deb belgilangan aysbergning uzunligi 170 kilometr va kengligi 25 kilometr. Antarktidadagi Ronne muzligining g‘arbiy qismidan ajraldi va hozir Uyeddell dengizida.
Avvalgi rekord 3880 kvadrat kilometr atrofida qayd etilgan. A-32A deb nomlangan obyekt ham Uyeddell dengizida suzmoqda.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>