TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘tgan haftada O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida paxta yog‘i narxi 12,4 foizga pasaydi.
Birja ma’lumotlariga ko‘ra, 10—12 may kunlari birja savdolari orqali 1462 tonna paxta yog‘i sotilgan.
O‘tgan uch kun mobaynida barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16,825 million so‘mdan 14,739 million so‘mgacha, ya’ni 12,4 foizga pasaygan.
Paxta yog‘ining birjadagi narxlarini pasayishiga mos tarzda texnik paxta chigiti va paxta yog‘ining boshlang‘ich narxlarini sotuvchi-korxonalar tomonidan pasaytirilgani o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda paxta yog‘ining boshlang‘ich narxi mahsulotning bir tonnasi uchun o‘rtacha 15,375 million so‘mdan 14,158 million so‘mgacha, ya’ni 8 foizga pasaygan.