Toshkentda bachadon bo‘yni rakiga skrining tekshiruvlari davom etmoqda

Ro‘yxatda turgan 30 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan barcha ayollar BBR (bachadon bo‘yni raki)ga bepul tekshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi yildan yilga o‘sib bormoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqida har yili 3,5 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Onkologik xastaliklar ichida eng ko‘p uchraydigani sut bezi saratonidir. Keyingi o‘rinlarda me’da, o‘pka va bachadon bo‘yni saratoni turadi.
Bachadon bo‘yni saratoni – bu 100 foiz oldini olish mumkin bo‘lgan yagona saraton kasalligidir. Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablarning asosiysi (98-99 foizi) odam papilloma virusi (OPV) hisoblanadi.
Kovid: aniqlangan holatlar 97 mingdan oshdi, 2 kishi vafot etdi
Saraton kasalligidan oldin esa saraton oldi holatlar kuzatiladi. Agar kasallik erta aniqlansa davolash uchun zarur bo‘lgan vaqt yetarli bo‘ladi. Odam papilloma virusini erta tashxislash va davolash natijasida bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanish va o‘lim holatlari kamayadi.
Shu maqsadda 8-apreldan Virusologiya ITI va Janubiy Koreyaning KOFIH fondi bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Chilonzor tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi, Yunusobod tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi va 1- va 2-sonli markaziy klinik-diagnostik poliklinikalarida BBSga skrining tekshiruvlari boshlandi. Ro‘yxatda turgan 30 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan barcha ayollar BBR (bachadon bo‘yni raki)ga bepul tekshirilmoqda.
Hozirgi kunda skrining jarayoni davom etmoqda. 1000 yaqin 30 yoshdan-49 yoshgacha bo‘lgan ayollar BB rakiga tekshirildi va tekshirish jarayonida aniqlangan o‘zgarishlar tegishli shifokorlar tomonidan nazoratga olinmoqda.