So‘rov: 10 foizdan ziyod fuqaro oilada er xotiniga kuch ishlatishi mumkin deb hisoblaydi

Sotsiologik tadqiqot o‘zbekistonliklarning har o‘ndan biri oilada ayollarga kuch ishlatish mumkin deb hisoblashini ko‘rsatdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi oilaviy muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazdi.
Tadqiqotlar telefon so‘rovi usuli yordamida o‘tkazilgan va unda respublikaning barcha hududlarida, shahar va qishloq joylarida yashovchi 18 va undan katta yoshdagi fuqarolar, turli soha va tarmoqlarda band bo‘lgan turli ijtimoiy guruhlar vakillari ishtirok etishdi.
Oiladagi zo‘ravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik: Gulnora Marufova bilan maxsus intervyu
So‘rov natijalari ko‘rsatganidek, uning ishtirokchilarining aksariyati er tomonidan xotinga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb hisoblashadi.
Biroq o‘zbekistonliklarning jamoatchilik fikrida xavotirli tendensiya ham kuzatiladi: 10,3% respondentlar ayrim hollarda kuch ishlatish mumkin, deb hisoblaydilar. Respondentlar ushbu qismining fikriga ko‘ra, ayol o‘z xatti-harakati bilan erini kuch ishlatishga majbur qilgan hollarda jismoniy zo‘ravonlik holatiga yo‘l qo‘yish mumkin.
Respondentlarning fikricha, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilish (23,5%), o‘zaro tushunmovchilik (22,1%) va moddiy qiyinchiliklar (20,6%) ayolga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik namoyon bo‘lishining sabablari hisoblanadi.