TOShKENT, 18-may — Sputnik. Irkutsk bojxonachilari tomonidan nosvoyni noqonuniy olib kirishning 200 dan ortiq holat aniqlandi, deb xabar qildi Irkutsk bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, Irkutsk aeroporti bojxona postida yo‘lovchilar yuklarini tekshirish vaqtida nosvoy aniqlandi. Yo‘lovchilardan jami 222 kilo nosvoy olib qo‘yildi.
"Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Dushanbe va Kulyabdan kelgan 238 nafar yo‘lovchi qo‘l yukidan nosvoy topildi", - deyiladi xabarda.
Ayni damda tekshiruvlar va ekspertizalar natijalariga ko‘ra 45 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atildi. Yana 193 ta ish qo‘zg‘atish rejalashtirilgan.
Bojxona posti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Konstantin Pimonovning so‘zlariga ko‘ra, barcha aybdorlar javobgarlikka tortildi, huquqbuzarlik ashyosi yo‘q qilinadi.