TOShKENT, 18-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 175 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 068 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (1), Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (6), Qashqadaryo viloyatida (14), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (5), Samarqand viloyatida (20), Farg‘ona viloyatida (1), Xorazm viloyatida (2), Toshkent viloyatida (10), Toshkent shahrida (107) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 92 582 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 814 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 672 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 163,4 milliondan oshdi, 3,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (32,9 mln), Hindistonda (25,0 mln), Braziliyada (15,6 mln).