Toshkentda bedarak yo‘qolgan 26 yoshli ayol qidirilmoqda

Toshkentda bedarak yo‘qolgan Viktoriya Kuznetsova qidirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Toshkentda bedarak yo‘qolgan Viktoriya Kuznetsova qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 1995-yilda tug‘ilgan Kuznetsova Viktoriya Sarvarovna joriy yilning 4-may kuni soat taxminan 21.30 da Sergeli tumani, Uchuvchilar shaxarchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, o‘rtacha gavdali, sochi qora uzun.
Egnida: kul rang futbolka, qora jinsi shim, oyogida krossovka bo‘lgan.
"Agar siz Kuznetsova Viktoriya haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz", - deyilgan xabarda.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>