Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini tavallud ayyomi bilan muborakbod etdi

O‘zbekiston prezidenti qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
“Davlatimiz rahbari Prezident Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi”, - deyilgan xabarda.
Muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan oliy darajadagi muloqotlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining jadal sur’at bilan rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring! >>
Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamkorlikning barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengayishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari bilan telefon muloqotini o‘tkazdi