TOShKENT, 17-may — Sputnik. Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha Sobiq Ittifoq qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakuniga yetdi.
“A klass” toifasiga kiruvchi musobaqada 19 mamlakat bokschilari qatorida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham qatnashishdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin - Mironshoh Ibragimov (-52 kg), Xurshid Rasuljonov (-60 kg), Mujibillo Tursunov (-63 kg), Lazizbek Mullajonov (+91 kg), 1 ta kumush - Madiyar Saidrahimov (-91 kg) va 3 ta bronza - Sohib Sodiqjonov (-49 kg), Jahongir Rahmonov (-69 kg), Suhrob Qayumov (-81 kg) medalini qo‘lga kiritishdi.