TOShKENT, 17-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 223 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96 893 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (13), Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (3), Jizzax viloyatida (2), Qashqadaryo viloyatida (3), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (8), Samarqand viloyatida (23), Sirdaryo viloyatida (6), Surxondaryo viloyatida (1), Farg‘ona viloyatida (5), Xorazm viloyatida (2), Toshkent viloyatida (42), Toshkent shahrida (107) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 92 303 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 920 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 670 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 162,8 milliondan oshdi, 3,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (32,9 mln), Hindistonda (24,6 mln), Braziliyada (15,6 mln).