Isroilda ibodat vaqtida sinagoga tribunasi qulab tushdi

Quddus yaqinidagi Givat-Zeev manzilgohida joylashgan sinagogadagi (yahudiylar ibodatxonasi) tribuna ibodat chog‘ida qulab tushdi.
Sputnik
So‘nggi taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 219 kishi jabrlangan, ikki kishi, shu jumladan, 12 yoshli bola halok bo‘lgan.
Hodisa yuz bergan vaqtda sinagogada jami 650 kishi bo‘lgan. Ular Shavuot bayrami uchun yig‘ilgan.
Isroil politsiyasi fojia sabablarini o‘rganishni boshlagan va yaqin kunlarda aybdorlarni hibsga olmoqchi.