TOShKENT, 17-may — Sputnik. Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi Eron hududidan keladigan yozgi harorat qiymatlariga xos bo‘lgan juda issiq havo ta’sirida bo‘ladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Aksariyat viloyatlarda quruq, asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘irlar yog‘adi.
“Kunduz kungi havo harorati 32-35° gacha, janubda va cho‘l hududlarida 38° gacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8° ko‘pdir”, - deyilgan xabarda.
Haftaning oxiriga kelib harorat 27-30° gacha pasayadi, bunday holat Qozog‘iston hududlaridan salqin havo kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
20-21 may kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
17-20 may kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel kelish xavfi mavjud.