“Koinot go‘zali”: toj sohibasi kim?

Kecha, 16-may kuni Florida shtatining Gollivud shahrida xalqaro Miss Universe tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
Meksikalik Andrea Meza bu yilgi “Koinot go‘zali” tanlovi g‘olibasi bo‘ldi.
Birinchi vitse-miss unvoni braziliyalik ishtirokchiga, ikkinchi vitse-miss unvoni esa hindistonlik ishtirokchiga berildi.
Tanlovda qozog‘istonlik Kamilla Serikbay ham qatnashdi, ammo u TOP-10 bosqichiga chiqa olmadi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring! >>