Isroil raketa bilan G‘azoda OAV ofislari joylashgan binoni vayron qildi

Isroil harbiy havo kuchlari G‘azoda Associated Press va Al-Jazeera idoralari joylashgan binoni yakson qildi.
Sputnik
1 / 10

Isroil kuchlari Jala minorasiga zarba berdi. U yerda qator xaqaro OAVlar ofisi joylashgan edi.

2 / 10

Ko‘p qavatli binoda Associated Press, Al-Jazeera va Al Arabiya kabi yirik xalqaro OAVlar ofislari bo‘lgan.

3 / 10

Zarba berishdan bir soatcha avval Isroil harbiylari bino egasiga qo‘ng‘iroq qilib, inshoot hujum nishoniga aylanishi va u yerdan odamlarni evakuatsiya qilish kerakligi haqida ogohlantirgan.

4 / 10

Shundan keyin ogohlantirish sifatida bino tomiga kichik quvvatli snarad tashlangan.

5 / 10

OAVlar idoralaridan tashqari, binoda tijorat kompaniyalari ofislari va apartamentlar ham joylashgan edi..

6 / 10

Associated Press agentligi Isroil jurnalistlar o‘tirgan binoni o‘z nishoni sifatida tanlaganidan "hayratga va dahshatga tushgani" haqida yozdi.

7 / 10

Bu hafta ichida G‘azoda Isroil harbiylarining nishoniga aylangan to‘rtinchi ko‘p qavatli binodir.

8 / 10

Isroil binoda, ofislar bilan bir qatorda, HAMAS tomonidan foydalaniladigan qurol-yarog‘ omborlari, kibermarkazlar bo‘lishi mumkinlini iddao qilgan.

9 / 10

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham voqea yuzasidan xavotir bildirdi.

10 / 10

G‘azo sektorida Isroil bergan zarbalar oqibatida Associated Press va Al-Jazeera kabi xalqaro nashrlarning idoralari joylashgan ko‘p qavatli bino vayron bo‘ldi.