TOShKENT, 16-may — Sputnik. AQSh Davlat departamentining sobiq xodimi, Amerika Qo‘shma shtatlari sobiq prezidenti Ronald Reyganning sobiq maslahatchisi Suzanna Massi Moskvaga tashrifi davomida unga Rossiya fuqaroligini taqdim etishni so‘radi.
90 yoshli diplomatning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘p yillar Rossiya va AQSh xalqlarining yaqinlashishi ustida ishlagan va o‘z ishini davom ettirish niyatida. Buning uchun u Rossiyada qolishi zarur.
“Agar prezident Vladimir Vladimirovich imkon topib menga Rossiya fuqaroligini bersa, bu men uchun sharaf bo‘ladi”, - dedi Massi NTVga bergan intervyusida.
Suzanna Massi 80-yillar o‘rtasida Reyganning Sovet Ittifoq bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.