TOShKENT, 15-may - Sputnik. Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Piyodalar harakatixavfsizligi oyi" doirasida, yo‘l qoidasini buzgan aksariyat piyodalar haydovchilar baxtsiz hodisa oldini olishiga "ishonishini" ma’lum qilishdi, deb xabar qilmoqda IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati.
"Aksariyat holatlarda joylarda muloqot qilingan qoidabuzarlar haydovchilar ularni doimo ko‘rib turishiga va yo‘l-transport hodisasining oldini olishga doim imkonlari borligiga amin ekanliklarini aytishdi. Ammo bu kabi tasavvur xato bo‘lib, avvalambor piyodaning, uning farzandlarining hayoti uchun xavflidir", - deyilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda 2021-yil 1-maydan 31-mayga qadar piyodalarga yo‘l harakati qoidalarini eslatish tadbirlari o‘tkazilmoqda. tadbir doirasida 1-maydan 11-mayga qadar 4 620 kishiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138 moddasi 1 qismi bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
"Peshexodniy reyd" v Tashkente
© GUVD Tashkenta
Qayd etish joizki, jarimaga tortilgan piyodalardan ko‘pchilik piyodalar o‘tish joyi yaqin bo‘lgan joylarda ham yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lishgan. Qoidabuzarliklar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishi davomida Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini, aks holda ularning salomatliklari va hayotlariga zarar yetishi mumkinligini tushuntirishdi.
"Peshexodniy reyd" v Tashkente
© GUVD Tashkenta