Shavkat Mirziyoyev Respublika gematologiya markaziga tashrif buyurdi

Gematologiya markazida prezident, bemorlar yolg‘iz tashlab qo‘yilmasligini, ular tezroq tuzalib ketishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini va’da berdi.
Sputnik
TOShKENT, 14-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.
Markazda prezident, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, u yerda davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalarini Ramazon hayiti bilan tabriklab, ularga dalda berib, tezroq tuzalib ketishlarini niyat qildi.
Shuningdek, prezident yaqinda Gematologiya markazi uchun yangi bino qurib bitkazilishini, u yerda bolalarning ota-onalari uchun ham joy bo‘lishi hamda bolalar o‘qishini davom ettirishga imkoniyat bo‘lishini ma’lum qildi.
Prezident, bemorlarni yolg‘iz tashlab qo‘yilmasligini, ular tezroq tuzalib ketishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini va’da berdi.