TOShKENT, 14-may - Sputnik. Chirchiq shahrida 14-15-16 may kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” mavzusida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Festivalda turli ko‘ngilochar shou-dasturlar, mashhur biznesmenlardan treninglar, sportchilardan master klass, dizayner va moda defilelari bo‘lib o‘tadi.
Festival molodeji v Chirchike 14-16 maya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Shuningek, 50 nafar bolalar uchun “Sunnat to‘yi” aksiyasi bo‘ladi. Yugurish va velomarafon, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarni ish bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar qilinadi.
Undan tashqari festivalda intellektual o‘yinlar, raqs maydoni, ayollar uchun maxsus klub, gastronomik va bolalar shaharchasi barpo etilgan. Teatr sahna ko‘rinishlari, ko‘ngiochar dorbozlar o‘yinlari ham rejalashtirilgan.
O‘z navbatida professional sportchilar o‘z mahoratini namoyish etishi hamda harbiylar ishtirokidagi Vatanparvarlik tadbirlari va qurollar ko‘rgamasi ham festivalga o‘zgacha fayz bag‘ishlashi shubhasiz.