TOShKENT, 14-may — Sputnik. Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yangi madaniy meros obyekti aniqlandi, deb xabar qilmoqda Buxoro madaniy meros boshqarmasi.
Qorako‘l tumanidagi “Sho‘rabot” MFYdagi qadimiy mahalla masjid binosi ichidagi ustunda o‘yib yozilgan tarixiy yozuv, mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda quyidagi mazmunga ega ekanligi aniqlandi:
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediya
Fors tilida “In masjidro bino kard Ro‘ziboy ibn G‘aybulloboy 1304” ya’ni, “Bu masjid G‘aybulloboy o‘g‘li Ro‘ziboy tomonidan hijriy 1304-yilda qurdirilgan” degan so‘zlar yozilgan.
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediya
Ushbu masjid darhaqiqat 1884-85 yillarda mahalla-guzar masjidi sifatida qurilgan. Masjid yog‘och konstruksiyali bo‘lib, kvadrat shaklli bir ustunli, o‘ymakori to‘sin va vassa yopilgan. Ustun, to‘sin va “bog‘dodi” eshiklari yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan. “G” harfi shaklidagi yetti ustunli ayvoni hozirda saqlanmagan, uning o‘rnida XX asr oxirlarida qurilgan ayvon mavjud.
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediya
Hozirgi kunda ushbu masjidda qishloq kutubxonasi (Qorako‘l tumani kutubxonasi filiali) joylashgan.
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediya
Masjid tarixiy va badiiy qiymatga ega ekanligini inobatga olib, uni moddiy madaniy meros yodgorligi sifatida ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.