TOShKENT, 13-may — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 359 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 95 826 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlangan holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (163), Samarqand viloyati (65) va Toshkent viloyati (63) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan hududlarda bittadan 15 tagacha yangi kasallanish holatlari qayd etilgan.
Mamlakatda kecha 325 bemor sog‘aygan va ushbu darddan forig‘ bo‘lganlar soni 91 301 nafarga yetgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan. Pandmiya qurbonlari soni 667 nafarni tashkil qildi.