TOShKENT, 12-may — Sputnik. 14-15 may kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Tojikiston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV huzuridagi "Dunyo" axborot agentligi.
Tadbirda qatnashish uchun Tojikiston bosh vazir Kohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya juma kuni keladi.
Chet ellik mehmonlar Toshkentdagi bir nechta sanoat korxonalariga tashrif buyuradilar.
Hukumatlararo komissiya yig‘ilishidan so‘ng hujjatlar imzolanadi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasining 7-yig‘ilishi 2020-yil 29-sentabrda Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgandi.