Toshkentda Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan qator ko‘chalarda harakat to‘xtatiladi

Poytaxtning qator ko‘chalarida 12-may soat 24.00 dan 13-may 7.00 ga qadar quyidagi transport vositalari harakati to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may - Sputnik. Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtda vaqtincha, 12-may soat 24.00 dan 13-may 7.00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:
Olmazor tumani:
1) “Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Farobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha.
2) "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha
Shayxontoxur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
1) “Ubay ibn Ka’b” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.
2) "Katta Qozirabod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha.
3) “Shayx” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
Uchtepa tumani:
1) “Abdullox ibn ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko‘chalari chorrahasigacha.
2) “Hazrati umar” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – Yu.Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorraxasigacha.
Yunusobod tumani:
1) “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
2) “Mirzo Yusup” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – A.Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
“Usmon bin Mag‘zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Cho‘lponota chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
“Qo‘liq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha.