TOShKENT, 12-may — Sputnik. Rus tilini biladigan chet elliklar uchun soddalashtirilgan tarzda Rossiya fuqaroligini olish tartibi joriy etilishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin Davlat Dumasida hukumatning 2020-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot berayotganda vaqtda bu taklifni aytdi.
Men rus tilini biladigan chet elliklar soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini qabul qilishi bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyorman
Avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlar eng ko‘p “rus tilida so‘zlashuvchi” maqomi asosida Rossiya fuqaroligini olgani haqida ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda iqtisodiyotning bir qancha sohalarida mehnat migrantlari yetishmasligini aytdi. Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin ta’kidlashicha, qurilish maydonlariga 1,5-2 million kishini jalb qilish kerak.