Rossiyada baxtli yashash uchun necha pul kerak?

Eng katta maosh talab qiluvchilar, bu moskvaliklar – 224 ming rubl, Vladivostok aholisiga esa – 200 ming, Sankt-Peterburgliklarga – 183 ming bo‘lsa kifoya.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Rossiyaliklar o‘zini baxtli his qilishi uchun o‘rtacha 173 ming rubl maosh kerak, deb xabar qilmoqda RIA Novosti SuperJob ish qidirish xizmatiga asosan.
14 apreldan 10-mayga qadar o‘tkazilgan so‘rovda 2,5 mingga yaqin iqtisodiy faol fuqarolar ishtirok etgan. Respondentlarning barchasining yoshi 18 dan yuqori bo‘lib, ular 541 ta aholi punktida istiqomat qilishadi. Moskva va Sankt-Peterburgdan 1000 kishidan odam ishtirok etgan.
“Baxtli bo‘lish uchun rossiyaliklarga oyiga o‘rtacha 173 ming rubl maosh kerak. Bu yanvarda o‘tkazilgan xuddi shunday so‘rov natijasidan (166 ming) biroz yuqori bo‘lsada, 2017-yildagi ko‘rsatgichdan (184 ming) - past”, - deyilgan xabarda.
Shu o‘rinda aytish joizki aholini qoniqtiradigan maosh miqdori 2015-yilda - 175 ming, 2018-yilda — 159 ming, 2019-yilda— 161 ming va 2020-yilda — 155 ming rublni tashkil qilgan edi.
Eng katta maosh talab qiluvchilar, bu moskvaliklar – 224 ming rubl, Vladivostok aholisiga esa – 200 ming, Rostov-na-Donu aholisiga – 195 ming, sankt-peterburgliklarga – 183 ming rubl bo‘lsa kifoya. Maoshga talabi eng kichik bo‘lgan viloyatlar bu Kirov – 132 ming, Orenburg – 136 ming, Lipesk – 137 ming rubl.
Shuningdek, erkaklar ayollardan ko‘ra yuqoriroq maosh istashadi, (192 – 155 ming). Yosh va hamda 25 – 34 yoshlilar orasida - 164 ming, 35-44 yoshlilara orasida esa maosh 198 ming bo‘lishi aytilgan.