TOShKENT, 12-may — Sputnik. Bugun Qozon shahrida Ilnaz Galyaviyevga ehtiyot chorasini qo‘llash bo‘yicha sud majlisi o‘tkazildi.
Tergov Ilnaz Galyaviyevni 2 oyga hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqida sudga iltimosnoma kiritdi.
Izbranie meri presecheniya podozrevayemomu v strelbe v shkole Kazani
© Sputnik / Maksim Bogodvid
/ Maktabda hujum uyushtirganlikda ayblanayotgan Galyaviyev aybini tan oldi, unga umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin, deb aytdi tergovchi.
Sud ayblanuvchini 2 oy muddatga tergov izolyatoriga yubordi.
11 may kuni ertalab Qozon shahridagi 175-sonli maktab-gimnaziyada 19 yoshli o‘spirin o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘qqa tutdi.
Hujum oqibatida 9 kishi (7 nafar 8 sinf o‘quvchisi, o‘qituvchi va maktab xodimi) halok bo‘ldi, yana 21 kishi jarohat oldi.