TOShKENT, 12-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar mahkumni afv etdi.
Afv etilganlarning 12 nafarini chet el fuqarolari, 4 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 6 nafarini ayol hamda 52 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.