TOShKENT, 12-may — Sputnik. Toshkentda bedarak yo‘qolgan Feysal Nuraxmetov qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 1999-yilda tug‘ilgan Nuraxmetov Feysal Axmetjanovich joriy yilning 4-may kuni soat taxminan 15:30da Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘lida joylashgan ish joyidan chiqib bedarak yo‘qolgan.
Belgilari: bo‘yi 180 sm, gavdali, sochlari jigarrang, ko‘zi qora, qoshi qalin.
Egnida: ko‘k rangli futbolka, qora rangli triko va qora krossovka bo‘lgan.
“Agar siz Nuraxmetov Feysal qayerdaligi xaqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar idoralariga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz!” – deyilgan xabarda.